OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda talaba oliy ta’lim muassasasiga faqatgina bilim olish uchun borishi kerak. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov Buxoro davlat universitetiga tashrifi chog‘ida shunday fikr bildirdi.

“Oliy ta’lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim. Ya’ni, oliy ta’limda faqat yetuk mutaxassis tayyorlanadigan muhit yaratilishi kerak”, deya ta’kidladi Alisher Qodirov.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Parlament a’zolari bu yerda cyenator Abira Huseynova hamda oliygoh rahbariyati bilan uchrashib, so‘nggi yillarda ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlar, malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashdagi muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing