OTM bitiruvchilariga diplomni onlayn olish imkoniyati yaratildi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasasalarining 2019/2020-o‘quv yili bitiruvchilari uchun diplomning elektron nusxasini olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilgan.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi harakatlarni bajarish zarur:

•    diplom.edu.uz veb-saytiga kirish. Ekranda paydo bo‘lgan sahifaning “JSHSHIR” qismida pasportdagi tegishli ma’lumotni kiritish va “Tekshirish” tugmachasini bosish.

•    Keyingi sahifada bitiruvchining shaxsiy ma’lumotlari aks etgan. “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, “Diplom nusxasini ko‘chirib olish” tugmachasi bosiladi.

•    “Diplom raqami” qismida ma’lumotlar aks etmasa, bitiruvchi tamomlagan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi kerak.

Bakalavriat bitiruvchilari diplom va uning ilovasi elektron nusxalari bilan magistr.edu.uz veb-platformasi orqali 2020/2021-o‘quv yili uchun magistraturaga onlayn hujjat topshirishi mumkin, deyiladi Oliy ta’lim axborot xizmatining xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

OTM diplom

Baholaganlar

847

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing