OTB O‘zbekistonga 93 mln dollar beradi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2023
3337“Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 93 million AQSH dollari miqdorida bitim imzolandi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Inson resurslarini rivojlantirish sektori rahbari Ayako Inagaki boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashgan.
Uchrashuvda mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, kelgusida yangi tashabbuslarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borilgan.
Shuningdek, “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan 93 mln AQSH dollari miqdoridagi bitim ijrosini amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirilgan.
“Aytish joizki, ushbu loyiha O‘zbekiston sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Mazkur loyiha qurilish, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, agrobiznes va oziq-ovqat sanoati, texnika va uskunalarga xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarda malakali ishchi kuchi sifatida inson resurslarini rivojlantiradi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi