OTB Toshkent viloyatiga 161 million dollar qarz beradi

Olam

image

Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida oqava suvlarni integratsiyalashgan boshqaruv tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun 161 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda OTB Matbuot xizmati xabar berdi.

“Zamonaviy, ishonchli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari O‘zbekistonning iqtisodiy dvigateli bo‘lgan Toshkent viloyati kabi yirik aglomeratsiyalarining iqtisodiy salohiyatini ochishning kalitidir”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinoz shaharlarining markazlashgan shahar oqava suv tizimlari modernizatsiya qilinadi. Loyiha tozalash inshootlari va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek, 800 mingdan ortiq aholi uchun suv hisoblagichlarini o‘rnatishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Chinoz, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi 70 ta qishloq aholi punktlarida 136 ming aholiga fosseptiklar o‘rnatilib, markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

“Ushbu loyiha suv va kanalizatsiya boshqaruvi uchun sun’iy intellekt, masofaviy datchiklar kabi raqamli texnologiyalarni o‘z ichiga olgan aqlli yechimlarni namoyish etadi”, deydi OTB shaharsozlik bo‘yicha katta mutaxassisi Chon Xo Kim.

Bundan tashqari, OTB institutsional islohotlarni amalga oshirish uchun 800 000 AQSH dollari miqdorida texnik yordam granti ajratadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘lganidan beri bank mamlakat taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 milliard dollardan ortiq kreditlar, grantlar va texnik yordamlar ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTB

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing