2023-2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sadi – OTB
Jamiyat
−
23 Sentabr 2023
5129O‘zbekiston iqtisodiyoti yaqin ikki yilda har yili 5,5 foizga o‘sadi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning sentyabr oyidagi sharhida ma’lum qilingan.
OTB prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonning joriy va kelasi yil uchun iqtisodiy o‘sishi yaxshilanadi.
Avvalroq mintaqaviy taraqqiyot banki aprel oyida 5 foizlik iqtisodiy o‘sishni bashorat qilgan edi.
Buning omillari qatorida Rossiyaga oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari eksportining ko‘payishi hamda investitsiyalarning o‘sishi qayd etilgan.
O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda 5,6 foizga o‘sdi va bu kutilganidan ham yuqori bo‘ldi. Bu fiskal rag‘batlantirish, mustahkam tashqi savdo, sanoatning o‘sishi hamda tog‘-kon sanoati va investitsiyalarning ko‘payishi bilan bog‘liq.
Biroq OTBga ko‘ra, inflyatsiya darajasi 10 foizdan pastga tushmaydi. Narxlarni liberallashtirish qisqa muddatda inflyatsiya bosimining oshishiga yordam beradi. Kelasi yili inflyatsiya 2015 yildan buyon eng past – 10 foiz ko‘rsatkichga tushishi qayd etilgan.
“2023 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda inflyatsiya ish haqi va pensiyalar oshishi hisobiga o‘tgan yildagi 10,6 foizdan 11 foizga tezlashdi va energiya tariflarining prognoz ko‘tarilishi hisobiga yil davomida yuqoriligicha qoladi”, deyiladi bank hisobotida.
Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 2022 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan 55 foizga kamaydi. Buning sabablaridan biri Rossiyada ishlayotgan mavsumiy mehnat muhojirlari sonining qisqarishi bo‘lib, bu faqat joriy hisob taqchilligini oshiradi.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr