“Otamizni o‘ldirganlarni afv etamiz”. Qoshiqchining oila a’zolari qotillarni kechirdi

Olam

image

2018 yilning oktyabr oyida o‘z mamlakatining Istanbuldagi bosh konsulligida o‘ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining oilasi bu jinoyatni sodir etganlarni kechirganini ma’lum qildi. Tegishli xabar bugun, juma kuni jurnalistning o‘g‘li Salohning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

"Ushbu muqaddas oyning (Ramazon – tahr) fazilatli kechasida <..>, biz – Jamol Qoshiqchining o‘g‘illari – otamizni o‘ldirganlarni kechiramiz", deyilgan matnda.

Ar-Riyod siyosatiga oid tanqidiy maqolalari bilan tanilgan Qoshiqchi 2017 yildan beri AQSHda yashab, u yerda “The Washington Post” gazetasida ishlagan. U 2018 yilning 2 oktyabr kuni o‘z mamlakatining Istanbuldagi bosh konsulxonasiga tashrif buyurganida g‘oyib bo‘lgan. 20 oktyabr kuni Saudiya rasmiylari jurnalist to‘qnashuv natijasida diplomatik vakolatxona binosida o‘ldirilganini xabar qildi. Xalqaro hamjamiyat ushbu jinoyatni qoralab, Riyodni shaffof tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Saudiya Arabistoni Bosh prokurori 2018 yil 15 noyabrda tergovning dastlabki natijalarini e’lon qildi: qirollikning 11 fuqarosi qotillikka aloqadorlikda ayblanib, ulardan besh nafari o‘lim jazosiga mahkum etildi. Poytaxt Ar-Riyodning ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab jurnalist Saudiya Arabistoniga olib ketilishini va o‘ldirishni xohlamagan. 

O‘tgan yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida ushbu ish bo‘yicha besh sudlanuvchi o‘limga hukm qilingan, yana uch kishiga jami 24 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi. Ushbu ishda jami 11 kishi jalb etilgan. 25 mart kuni Istanbul prokuraturasi Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilingan 18 kishiga qarshi da’vo arizasini tayyorladi. Unda ularga umrbod qamoq jazosi talab qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jamol Qoshiqchi

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing