Otabek Umarov yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejalarini ko‘rib chiqdi
Sport
−
20 Sentabr
4706Kecha, 19 sentyabr kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakuni va oldinda kutib turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Saken Po‘latov va Azizjon Komilovlar ishtirok etdi.
Dastavval, Fransiya poytaxti mezbonlik qilgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki muhokama qilindi. Unda erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, zarur vazifalar belgilab olindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni sportchi va murabbiylar bilan uchrashuvda yangi Olimpiya sikli uchun belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Suhbatda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik, xususan, O‘yinlar dasturi va unga kiritiladigan sport turlarini ko‘rib chiqish kun tartibidan o‘rin oldi va bu bo‘yicha barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda jamoaviy sport turlari va ayollar sportiga yanada ko‘proq ahamiyat qaratish, terma jamoalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilab, tajribali xorijiy murabbiylarni jalb etish, sportchilarning tibbiy ta’minotini kuchaytirish kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.
LiveBarchasi