Otabek Umarov turkiyalik taniqli oshpazga sovg‘a yo‘lladi (video)

Jamiyat

Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti – Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi rahbari Otabek Umarov taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemirga sovg‘a yubordi. Bu haqda oshpaz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Otabek Umarov Burak O‘zdemir Dubayda o‘zining restoranini ochgani munosabati bilan O‘zbekistonning quruq va ho‘l mevalarini tortiq qilgan.

Restoran ochilishida Dubay valiahd shahzodasi Hamdan ibn Muhammad al-Maktum, futbolchi Krishtianu Ronaldu, aktyor Stiven Sigal kabi dunyoga mashhur shaxslar ham qatnashgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 25 dekabr kuni dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa Burak O‘zdemir suratiga burkandi. Odatda Dubaydagi ushbu hashatli imorat alohida shaxslar emas, davlatlar bayrog‘iga burkanardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodrigesning o‘zbekcha choponi ham Otabek Umarov tomonidan sovg‘a qilingan.

Hadyalarni topshirish uchun Otabek Umarovning vakili Umidjon Mavlanov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga borgan.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga o‘zbek choponida turgani tasvirlangan surat joylagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Burak O'zdemir

Baholaganlar

1004

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing