Otabek Umarov Turkiyada Erdo‘g‘anning kuyovi o‘tkazayotgan festivalga bordi

Olam

image

O‘zbekiston Prezidentining kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Turkiyaning Samsun shahrida o‘tayotgan “Teknofest Aero & Tech 2022” festivalida ishtirok etmoqda. U festivalda davomida mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ham ko‘rishdi.

Festivalda shaxsan Turkiya Respublikasi Prezidentining kuyovi – “Bayraktar” uchuvchisiz havo vositalarining muallifi Selchuk Bayroqdor taklifiga ko‘ra ishtirok etayotgan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev ijtimoy tarmoqdagi sahifasida Erdo‘g‘an va Umarov yonma-yon turgani aks etgan suratni e’lon qildi.

“Teknofest’da Turkiya Prezidenti, janob Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etib, festival g‘oliblarini taqdirladi. Teknofest’da minglab yoshlar o‘z ixtirolari bilan ishtirok etdilar, ayniqsa hamyurtlarimiz ishtirokidan juda faxrlandik”, deydi Sa’dullayev surat izohida.

Avvalroq Yoshlar ishlari agentligi direktori Selchuk Bayroqdor tomonidan festivalga taklif qilingani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, “Bayraktar” ishlab chiqaruvchisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qudasi sanaladi. Uchoqlarning asl muallifi uning kuyovi Selchuk Bayroqdor. 

Bayraktar droni

“Bayraktar TB2” – Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasining uzoq parvoz qila oladigan hujumkor razvedkachi dron. Uning maksimal tezligi 222 km/soat, qanotlari kengligi 12 m, qurilma havoda 24 soatgacha turishi mumkin, dronning amaliy shifti esa 8,2 ming m.

Dron uchish masofasi 0,5 dan 8 kmgacha bo‘lgan ikkita lazerli boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketalari yoki Turkiyaning Roketsan kompaniyasining to‘rtta Bozok, MAM-C yoki MAM-L boshqariladigan aniq bombalari bilan qurollantiriladi.

Bunday turdagi dronlardan Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda foydalanilgan. Ayni paytda “Bayraktar TB2” dronlari Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha, Jibuti, Ukraina armiyalari hamda Qirg‘iziston Chegara xizmatida mavjud.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar allaqachon 22 davlatga, jumladan Marokash, Niger va Efiopiyaga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Otabek Umarov Alisher Sa'dullaev

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing