Otabek Umarov dzyudo va tennis federatsiyalari rejalari bilan tanishdi
Sport
−
03 dekabr
5191Kecha, 2 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Olimpiya davriga tayyorgarlik rejalari bilan tanishib, dzyudo va tennis federatsiyasi vakillarining taqdimotini ko‘zdan kechirdi.
MOQ mutasaddilari dastavval dzyudo sportining rejalari bilan tanishdi. Taqdimotni federatsiya raisi Azizjon Komilov o‘tkazdi.
Taqdimotda dzyudoning ommaviyligini oshirishdan tortib, asosiy jamoaga nomzod polvonlarni saralab olish metodikasi, poytaxtda muntazam “Katta dubulg‘a” kabi nufuzli musobaqalarni o‘tkazish, terma jamoalarga yanada ko‘proq xorijlik kuchli mutaxassislarni jalb qilish kabi mavzular batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, har bir vazn toifasida ichki raqobatni yanada kuchaytirish, bir xil saviyaga ega tarkiblarni shakllantirish kabi takliflar ilgari surildi.
Shundan so‘ng rasmiylar O‘zbekiston tennis federatsiyaga bordi.
Qayd etish joiz, so‘nggi Olimpiya o‘yinlarida ushbu sport turida O‘zbekiston delegatsiyasi litsenziya qo‘lga kirita olmadi.
Suhbat davomida terma jamoada avlodlar almashinuvi sabab shunday holat yuzaga kelgani ta’kidlandi. Hozirda bir qator iste’dodli raketka ustalari yetishib chiqayotgani, ular jahon reytingida yuqori pog‘onalarga ko‘tarilayotgani qo‘shimcha qilindi.
O‘rganish ishlari davomida rasmiylar har ikki federatsiyaning moddiy-texnik bazasini ko‘zdan kechirdi. Yakunda terma jamoalarni zamonaviy inventarlar bilan ta’minlash bo‘yicha mutaxassislardan fikrlar olindi va tayyorlanadigan Prezident qarori loyihasiga taklif kiritilishi bildirildi.
LiveBarchasi