Otabek Shukurovning Turkiyadagi keyingi manzili aniq bo‘ldi
Sport
−
06 fevral
14880Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” klubini tark etib, hozirda erkin agentga aylangan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov faoliyatini boshqa bir turk klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Turkiyaning “Mottofutbol” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turkiyalik mashhur futbolchi Burak Yilmaz murabbiylik qiluvchi “Kayserispor” klubi Shukurov bilan o‘zaro kelishib olgan.
“Kayserispor” hozirda Turkiya chempionatida ortda qolgan 24 ta turdan so‘ng 28 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi o‘yinini 12 fevral kuni liga grandlaridan biri “Beshiktosh”ga qarshi o‘z uyida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Otabek Shukurov Turkiyadagi faoliyati davomida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 27 yoshli futbolchining “Transfermarkt”ga ko‘ra qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi