Otabek Murodov Buxoroda xalq bilan uchrashadi

Jamiyat

image

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida joriy yilning 2-3 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi. 

2 aprel kuni Jondor tumani musiqa va san’at maktabi binosida Qorako‘l, Olot, Jondor, Peshko‘, Romitan, Shofirkon hamda Buxoro tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

3 aprel kuni esa Kogon shahar hokimligi binosida Buxoro va Kogon shahri, shuningdek Kogon, G‘ijduvon, Vobkent, Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Bosh prokuror qabuliga kirishni xohlagan fuqarolar aynan qaysi masalada murojaat qilish istagida ekanliklari haqida avvaldan Buxoro viloyati prokuraturasiga 65-221-70-23 telefon raqami orqali murojaat qilishlari kerak. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Murodov Bosh prokuratura

Baholaganlar

40

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing