Ota-onasini qariyalar uyiga topshirganlarni jazolash taklif qilinmoqda
Olam
−
26 Sentabr 2023
6324Qirg‘izistonda ota-onasini qariyalar uyiga berayotgan va aliment to‘lamayotgan farzandlarni jazolash taklif qilinmoqda. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan” xabar berdi.
Ushbu qonun loyihasini parlamentning tegishli qo‘mitasi allaqachon ma’qullagan.
Hujjat loyihasida ota-ona qaramog‘idan bo‘yin tovlagan (aliment to‘lamagan) bolalar uchun 50-100 ming som miqdorida jarima solish yoki 1-2 yilga ozodlikdan mahrum qilish taklif qilingan.
“Qariyalar uyiga yashovchi shaxs kirsa, uning direktori aliment undirish bo‘yicha sudga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Bu qoida zarur, chunki hozir ota-onalar aliment olish uchun ariza yozishdan bosh tortmoqda”, degan deputat Tazabek Ikromov.
Shuningdek, deputatlar ota-onasi qariyalar uyida yashayotgan shaxslarni davlat organlariga ishga olmaslikni ham taklif qilishyapti.
Akobir Sayidov