Indoneziyada qariyalar uyi yonib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
29 dekabr 2025 924 1 daqiqa
Indoneziyaning Sulavesi orolida joylashgan qariyalar uyida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Sokin keksalar” nomli qariyalar uyida yuzaga kelgan yong‘in 28 dekabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan va keyinchalik o‘chirilgan. Hozircha yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmagan.
Mahalliy politsiya vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra, voqea yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Telekanallar yong‘in vaqtida tasvirga olingan videolavhalarni efirga uzatgan. Shahar yong‘in xizmati boshlig‘i Jimmi Rotinsulu telekanalga bergan intervyusida qariyalar uyida yashovchilarning aksariyati keksa yoshdagilar bo‘lgani sababli bino ichida qolib ketganini ma’lum qildi. Shuningdek, yana uch nafar kishi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda qariyalar uyi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi