AQSHda qariyalar uyi portladi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 23 dekabr kuni AQSHning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahri chekkasida joylashgan qariyalar uyida portlash va undan keyin yong‘in yuz berdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan favqulodda hodisa oqibatida qariyalar uyida yashovchi ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Yong‘in va portlashdan so‘ng qariyalar uyida yashovchi qolgan odamlar hamda xodimlar zudlik bilan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Yong‘in xizmati boshlig‘i Kevin Dippolitoning aytishicha, besh kishi bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin, biroq rasmiylar bu raqam hozircha dastlabki ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, u jabrlanganlar soni ham aniq emasligini, chunki bemorlar bir nechta shifoxonalarga olib ketilganini qo‘shimcha qilgan.

Hozirda portlash sababi aniqlanmoqda, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada yo‘l harakati politsiyasi mashinasi portlagani, oqibatda uch kishi, jumladan, ikki politsiya xodimi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh portlash qariyalar uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing