“Ota-onamni o‘ldirishi kerak edi. 3 begunohda nima ayb bor?” – samarqandlik oilaning qizi

Jamiyat

Avvalroq, joriy yilning 14 maydan 15 mayga o‘tar kechasi Samarqand viloyati, Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida sodir etilgan qotillik ustidan sud bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur vahshiy qotillikdan oilaning birgina a’zosi, A.Xalbayevning turmushga chiqqan qizi Mehriniso Nazarova tirik qolgan. Jabrlanuvchi suddan keyin intervyu berdi.

“Men ularni sog‘inyapman, qo‘msayapman, har kuni ko‘rgim keladi. Hozir ularning uyida yashayapman. Hali men onamning mehriga to‘ymagandim. Ota-onamda qasdi bor ekan. Ularni o‘ldirishi kerak edi. Qolgan 3 begunohda nima ayb bor?”, deydi Mehriniso Nazarova.

Ma’lum qilinishicha, bir oilaning besh a’zosini o‘ldirgan qotillar begona emas, marhum oilaning qo‘shnilari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, sudlanuvchilar 2019 yil 14 maydan 15 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Chimqo‘rg‘on” MFY “Chimqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashab kelgan A.Xalbayevning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hujum qilib A.Xalbayevni, uning turmush o‘rtog‘i Z.Xalbayevani, farzandlari – J. Islomov, voyaga yetmagan A.Islomov va O.Islomovlarni qasddan o‘ldirishgan hamda 22 mln so‘m, 100 AQSH dollari va 600 ming so‘mlik Samsung rusumli uyali aloqa telefonini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, G‘. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboyev va X. Nurmanovning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, Jinoyat kodeksi 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilindi. 

G‘. Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.

J. Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandi, 276-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.

Sh. Esonboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.

X. Nurmanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Samarqand

Baholaganlar

1058

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing