Ota-onalar bog‘chalarga 50 foiz to‘lov qiladigan hududlar tasdiqlanadi 

Jamiyat

image

Qator hududlarda joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan haq miqdori o‘rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tildi.

Hujjatga muvofiq, 2020 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari quyidagicha:

Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqurg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyati Nurobod, Qushrabot, Urgut, Bulung‘ur, va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Farish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani hamda Farg‘ona tumanining "Shohimardon" va "Yordon" qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan haq miqdori o‘rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha qarori loyihasi

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing