Ostona Tokio bilan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitini tashkil etishga kelishib oldi

Olam

image

Yaponiya va Qozog‘iston kelasi yili Markaziy Osiyo – Yaponiya formatida sammit o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi departamenti boshlig‘i Yoko Kamikava va Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning BMT Bosh assambleyasi doirasidagi uchrashuvi yakunida ma’lum qilindi.

“Ikkala tomon ham “Markaziy Osiyo-Yaponiya” muloqoti sammitini kelasi yilda o‘tkazishga kelishib oldi va ushbu muloqot [formati]ning amaldagi raisi Qozog‘iston va Yaponiya boshqa tegishli davlatlar bilan muvofiqlashtirish uchun hamkorlik qilishini tasdiqladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Bundan tashqari, Kamikava mintaqaviy aloqalar va energiya almashinuvini rivojlantirishda hamkorlik qilish niyatini bildirgan hamda Qozog‘istonni “qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq dunyo tartibi”ni saqlash va mustahkamlashda “strategik hamkor” deb atagan. 

Tomonlar Ukraina va Sharqiy Osiyo, jumladan, KXDR atrofidagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Kamikava Yaponiyaning shikastlangan “Fukusima-1” AESdan suvni okeanga chiqarish bo‘yicha pozitsiyasini tushuntirdi, shu munosabat bilan Nurtleu Yaponiyaning harakatlarini “tushunishini ko‘rsatgan”.

Qayd etish joizki, Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Tokioda mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tdi. Yaponiya nashrlari mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida Vazirlar Mahkamasiga kelasi yildan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan sammitlar formatini yo‘lga qo‘yish ustida ishlashi haqida yozmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ish olib borayotgan hukmron Liberal-demokratik partiyasi deputatlar guruhi rahbari, sobiq bosh vazir Taro Aso Kisidaga bunday sammitlarni muntazam o‘tkazishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Yaponiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made