Ostona AQSH tomonidan kiritilgan sanksiyaga munosabat bildirdi
Olam
−
17 avgust 2023
10920Avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Qozog‘iston kompaniyalaridan biriga nisbatan sanksiya kiritgani haqida xabar berilgan edi. Respublika Iqtisodiyot vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, vazirlik haqiqatan ham mamlakat hududidagi kompaniya AQSHning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi sanksiyalari ro‘yxatidan joy olganini tasdiqlagan.
“Kompaniya Ostonada ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq bugungi kunda u ish faoliyatida emas. Uning faoliyati 2021 yil 14 fevraldan to‘xtatilgan. Kompaniyaning mazkur ro‘yxatga kiritilishi uning Qozog‘iston rezidenti bo‘lmagan rahbari Ashot Mkrtichevning AQSH sanksiyalari ostida ekani sabab bo‘lgan”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, kompaniya sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishini texnik xususiyatga ega ekanligi aytilgan.
“Mkrtichev shaxs 2020 yil 7 mart kuni Qozog‘iston hududini tark etgan, shundan so‘ng uning mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yilgan. Biz g‘arblik hamkorlar bilan doimiy aloqadamiz. Ushbu kompaniyaga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi Iqtisodiyot vazirligi xabarida.
Gap shundaki, Slovakiya fuqarosi Ashot Mkrtichevga tegishli kompaniyalar Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qurol savdosini qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSH sanksiyalariga uchragan. Ular, “Verus” (Rossiya), Defense Engineering Limited Liability Partnership (Qozog‘iston) va Versor S.R.O. (Slovakiya) kompaniyalari hisoblanadi.
LiveBarchasi