Oston O‘runov ham Eron klubiga o‘tmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov faoliyatini Eronning “Persepolis” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda futbol insayderi Ivan Karpov o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolanadi. O‘runovning maoshi mavsumiga taxminan 807 ming dollarni tashkil qiladi.

O‘runov o‘tgan yilni “Navbahor”da o‘tkazdi. U Osiyo Chempionlar ligasida 3 ta gol urdi. Faoliyati davomida futbolchi Rossiyaning “Ufa”, “Spartak” va “Ural” klublarida to‘p tepgan. O‘zbekistonda esa “Navbahor”dan tashqari Toshkentning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, “Persepolis” Eronning grand klublaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda jamoa mamlakat chempionati turnir jadvalida ortda qolgan 15 ta o‘yindan so‘ng 30 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi Jaloliddin Masharipov Eron klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oston O'runov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing