“Oskar” taqdimotida Uill Smit xotiniga qo‘pol hazil qilgan aktyorga tarsaki tushirdi (video)

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktyor Uill Smit “Oskar” mukofotini topshirish marosimida aktyor va komik Kris Rokning yuziga shapaloq tushirdi. Marosim ABC tomonidan translyatsiya qilingan.

Marosimda Rok “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida da’vogarlarni e’lon qilgan. Nutqi davomida komik Uill Smitning rafiqasi Jada Pinkett Smitning “ajoyib, juda kalta sochlari haqida” hazil qilgan. 

Jada Pinkett Smit oxirgi paytlarda soch to‘kilishiga olib keladigan autoimmun kasallik — alopetsiyadan aziyat chekkan. Yaqindagina u endi buni yashirmasligini e’lon qilgan.

Rokning hazilidan so‘ng Smit o‘rnidan turib, sahnaga chiqqan va komikning yuziga tarsaki tushirgan.

Shundan keyin u joyiga qaytgan, lekin Rok haqida yana bir necha so‘z aytgan. Bu vaqtda translyatsiya jarayonida ovoz o‘chirilgan, shuning uchun Smitning so‘zlari noma’lumligicha qolgan.

“Bu televideniye tarixidagi eng ajoyib kecha bo‘ldi”, degan tarsaki yegan Rok.

Shundan so‘ng marosim odatdagidek davom etgan.

Avvalroq, 94-marta o‘tkazilgan marosim natijalari haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Oskar Uill Smit

Baholaganlar

1425

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing