“Oskar” taqdimoti reytingi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Amerika kinoakademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan bu yilgi "Oskar" mukofoti topshirish marosimini ABC telekanalida 9,8 million kishi tomosha qildi, bu eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda "Nielsen" tadqiqot xizmati ma’lumotlariga asoslanib CNN xabar bergan.  

Bu orqali, o‘tgan yili o‘rnatilgan antirekord yangilangan. O‘sha yili tadbirni 23,6 million kishi tomosha qilgandi. 

Bundan ko‘rinib turibdiki, tomoshabinlar soni 58 foizga kamaygan. 

Telekanal ta’kidlaganidek, yetti yil oldin marosimni 40 million tomoshabin tomosha qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida "Oskar" mukofotining 93-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Koronavirus pandemiyasi taqdirlash marosimi tomoshabinlarsiz o‘tishiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing