“Oskar” mukofotining 96-taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Amerika kino san’ati va fanlari akademiyasi “Oskar” mukofotining 96-taqdirlash marosimini 2024 yilning 10 mart kuni Los-Anjelesdagi (Kaliforniya, AQSH) Dolbi teatrida o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Marca” sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, mukofotga da’vogar sifatida loyihalar yoki ijodkorlar nomzodini 2023 yilning 15 noyabrga qadar ko‘rsatish mumkin. Ularning ro‘yxati 11 dekabr kuni, nomzodlar ro‘yxati esa 23 yanvar kuni rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Oskar” mukofotining 95-taqdirlash marosimi 2023 yilning 12 mart kuni o‘tkazilgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oskar mukofot kino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing