Ishlash va biznes uchun eng yaxshi davlatlar ma’lum qilindi
Olam
−
17 iyun 2020
12572Shveysariyaning Boshqaruvni rivojlantirish instituti (IMD) dunyoda ishlash va biznes uchun eng yaxshi joylarning yangi reytingini e’lon qildi. 63 davlat kiritilgan reyting yetakchisi Singapur bo‘ldi.
Birinchi o‘rin sohibi o‘zgarmagani holda “kuchli beshlik”ka Daniya, Shveysariya, Niderlandiya va Gonkong kiritildi.
Dastlabki o‘ntalikdan Shvetsiya, Norvegiya, Kanada, BAA va AQSH joy olgan. Xitoy o‘tgan yilgi 14-o‘rindan 20-o‘ringa tushib qolgan. AQSH ham o‘tgan yildagi uchinchi o‘rindan tushib ketgan.
14-o‘rinni ko‘plab kompaniyalar soliq imtiyozlari sabab ro‘yxatdan o‘tadigan Lyuksemburg davlati egallagan. Reytingda Rossiya 55-o‘rin, Qozog‘iston 42-o‘rinni egallagan. So‘nggi 63-o‘rin Venesuelaga nasib qildi.
Reyting mualliflari to‘rtta asosiy ko‘rsatkichga e’tibor bergan: iqtisodiyotning holati, hukumat samaradorligi, biznes va infratuzilma samaradorligi. Ular mahalliy va xalqaro statistika ma’lumotlaridan foydalangan.
LiveBarchasi