Osiyoning eng yaxshi 10 nafar legioner futbolchisi aniqlandi

Sport

image

Ovoz berish yo‘li bilan 2020 yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi aniqlandi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Xabarga ko‘ra, Angliyaning “Tottenhem” klubi o‘yinchisi Son Hyon Min ushbu reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Koreyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda “Tottenhem” safida 26 ta gol va 11 ta golli uzatma bergan. 

Ikkinchi o‘rindan Portugaliyaning “Portu” jamoasida to‘p suruvchi eronlik forvard Mehdi Taremi, uchinchi pog‘onadan Kanadaning “Vankuver Uaytkeps” klubi safida harakat qiluvchi iroqlik xavbek Ali Adnan o‘rin olgan.

Quyida Osiyoning top 10 nafar eng yaxshi legioner futbolchilari reytingi:

1.  Son Hyon Min (“Tottenhem”, Janubiy Koreya) 
2.  Mehdi Taremi (“Riu Ave”/ “Portu”, Eron) 
3.  Ali Adnan (“Vankuver Uaytkeps”, Iroq) 
4.  Nikita Rukavitsa (“Makkabi” Haifa, Avstraliya) 
5.  Sardor Ozmun (“Zenit”, Eron) 
6.  Takehiro Tomiyasu (“Bolonya”, Yaponiya) 
7.  Li Kang In (“Valensiya”, Janubiy Koreya)
8.  Kaveh Rizoi (“Sharlerua”, Eron)
9.  Takumi Minamino (“Liverpul”, Angliya) 
10.  Daichi Kamada (“Ayntraxt”, Yaponiya).


Maqola muallifi

Teglar

Tottenhem Osiyo Son legioner

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing