Osiyoda yilning eng yaxshi boks federatsiyasi aniqlandi (video)

Sport

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressida O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va konfederatsiya tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonga mukofot o‘tgan yil mobaynida medallar jamg‘arish bo‘yicha erishgan natijalari uchun taqdim etilgan. Mukofotni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib oldi.

Shuningdek, kongressda kun tartibi bo‘yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko‘rib chiqilib, 2022 yilda Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalarning hisobotlari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yaqindagina Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Bu borada To‘lqin Qilichev Osiyo Olimpiadasida eng yaxshi natijani qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

To'lqin Qilichev Osiyo boks konfederatsiyasi Malik Babaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made