Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya terma jamoasi uchun KXDR madhiyasi yangradi (video)
Sport
−
18:26 458 1 daqiqa
Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuv oldidan Shimoliy Koreyaning davlat madhiyasi yangradi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasi va Bangladesh o‘rtasidagi chim ustida xokkey uchrashuvi boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan. O‘yin Janubiy Koreya terma jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Bu Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya bilan bog‘liq birinchi bahsli holat emas. Avvalroq, mamlakat Olimpiya qo‘mitasi musobaqa tashkilotchilariga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilgan edi. Bunga Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida XVI asrdagi yapon siyosiy va harbiy arbobi Toyotomi Xideyoshiga bag‘ishlangan sahnaning namoyish etilgani sabab bo‘lgan. Xideyoshi 1592 yilda Yaponiyaning Koreyaga bosqiniga rahbarlik qilgan. Janubiy Koreya tomoni ochilish marosimida bunday tarixiy shaxsdan foydalanilishini haqoratli deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi uchrashuvida Quvayt olimpiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval chorak final bosqichiga chiqdi.
Live
Barchasi