Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston yana penaltilar seriyasida yutqazdi

Sport

−

image

Bugun, 3 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining futbol bahslarida O‘zbekiston Xitoyga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa 3-o‘rin Xitoy U-23 jamoasiga nasib qildi.

O‘yin to‘liq O‘zbekiston vakillari ustunligida o‘tdi, biroq xitoyliklar qarshi hujumlardan unumli foydalandi. O‘yinning 15-daqiqasidayoq Hu Hetoo gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada esa Bahromov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ikkinchi bo‘lim ham o‘zbekistonliklar nazoratida o‘tdi, lekin yana sharqiy osiyoliklar xavfli qarshi hujumlarni amalga oshirdi. Taymning 8-daqiqasida Van Yuy Vey “oq bo‘rilar” darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni jamoasi foydasiga og‘dirdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 1 daqiqa qolganda hisob tenglashdi – bu safar katta sahnaga Shodiyor Shodiboyev chiqdi. Shu tariqa o‘yin durrang natija bilan penaltilar seriyasiga ko‘chdi. 

Yarim finalda Yaponiya vakillariga aynan penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston U-23 jamoasi xitoylik tengqurlariga ham g‘oliblikni taqdim qildi. O‘zbekistonliklardan 2 nafar, Xitoy vakillaridan esa 1 nafar futbolchi o‘z imkoniyatini golga aylantira olmadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing