Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston 3 ta gol urib, turnirni tark etdi

Sport

−

image

Bugun, 25 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. Kotrina Kalbayt shogirdlari keskin kechgan uchrashuvda 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida 11-daqiqada Diyora Habibullayeva, 66-daqiqada esa Nilufar Qudratova gol urdi. Shuningdek, 64-daqiqada Janubiy Koreya futbolchisi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Biroq Janubiy Koreya futbolchi qizlar bu gollarga 6 ta gol bilan javob qaytardi va yakunda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, Osiyo o‘yinlarini medalsiz yakunladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Filippin, Xitoy va Gonkong bilan bir guruhdan joy olgan holda 5 ochko jamg‘arib, chorak finalga yo‘llanma olgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing