Osiyo o‘yinlari ochilishida kimlar O‘zbekiston bayroqdori bo‘lishi ma’lum qilindi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 23 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda Muzaffarbek To‘raboyev hamda Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari sifatida qatnashadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sanoqli soatlardan so‘ng Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi start oladi. Unda dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev hamda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Zaynab Dayibekova O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov Xitoyning Xanchjou shahridagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashgan edi. Vitse-prezident bugun, 23 sentyabr kuni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Zaynab Dayibekova Muzaffarbek To'raboev Xanchjou bayroqdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing