Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari e’lon qilindi

Sport

−

image

Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Bahrayn Olimpiya qo‘mitasi III Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sanalar va musobaqa dasturidan o‘rin olgan sport turlarini tasdiqladi.

2026 yilning 22-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan turnir dasturidan 21 ta sport turi o‘rin oldi. 

Musobaqa dasturidan o‘rin olgan sport turlari:

Yengil atletika;
Badminton;
Basketbol 3x3;
Ot sporti;
Kibersport;
Futzal;
Golf;
Gandbol
Dzyudo;
Jiu-jitsu;
Aralash jang san’ati turlari;
Veloshosse;
Suzish;
Stol tennisi;
Taekvondo WT;
Triatlon;
Sport kurashlari;
Og‘ir atletika;
Kabaddi;
Voleybol;
Tekbol.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyi boshida Toshkent shahridan III Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi olib qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing