Osiyo kubogining dastlabki sensatsiyasi qayd etildi
Sport
−
19 yanvar 2024 20713 1 daqiqa
Bugun, 19 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. “D” guruhining 2-turi doirasida Iroq terma jamoasi musobaqaning asosiy favoritlaridan biri bo‘lgan Yaponiya bilan kuch sinashib, g‘alaba qozondi.
Bahsda 2:1 hisobida iroqliklarning qo‘li baland keldi. Iroq safidagi har ikki golga 18-raqamdagi futbolchi Ayman Huseyn mualliflik qildi. Yaponiya futbolchilaridan esa 90+3 daqiqada Vataru Endo bitta javob to‘pini kiritdi.
Shunday qilib, “D” guruhida Iroq terma jamoasi 6 ochko bilan yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi va muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yaponiya esa 3 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.
Guruh bosqichining oxirgi turida Yaponiya Indoneziya bilan, Iroq esa Vetnam bilan bahs olib boradi. Bahslar 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiAQSHda odam itni tishlab oldi
28 aprel