Osiyo kubogidan keyin ko‘plab o‘zbek futbolchilarining transfer narxi oshdi
Sport
−
21 fevral
8220Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogi yakunlanganidan so‘ng bir qator Osiyo qit’asi termalari futbolchilarining narxi o‘zgardi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qit’a birinchiligida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolaridan Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati 1 million, Abduqodir Husanovniki esa yarim million yevroga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qarshining “Nasaf” klubi futbolchisi Zafarmurod Abdurahmatovning qiymati 150 ming yevroga ko‘tarildi.
Hozirga kelib, Fayzullayevning transfer narxi 5 million, Husanovniki 2 million yevroni tashkil qilmoqda. Abdurahmatovning qiymati esa yarim million yevroga yetdi.
Qayd etish joiz, Osiyo kubogidan keyin qo‘shni tojikistonlik bir qator futbolchilarning ham transfer narxi sezilarli darajada o‘sdi.
LiveBarchasi