Osiyo kubogida qaysi terma favorit? O‘zbekistonning imkoniyati yuqori baholanmadi
Sport
−
11 yanvar 2024 6047 1 daqiqa
“Opta” analitik markazi 12 yanvar kuni Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi g‘olibligi yo‘lida jamoalarning imkoniyatlarini baholab chiqdi.
Unga ko‘ra, qit’a birinchiligining asosiy favoriti Yaponiya terma jamoasi hisoblanadi. Ularning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyati 24,6 foizni tashkil etadi.
Kuchli beshlikka Janubiy Koreya (14,9 foiz), Eron (11,2 foiz), Avstraliya (10,7 foiz) va Saudiya Arabistoni (10,6 foiz) terma jamoalari kiritildi.

Bu borada Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8-pog‘onada qayd etildi. Qatar va BAA termalarining ham chempionlik imkoniyati O‘zbekistondan yuqori baholanmoqda. O‘zbekistonning musobaqada g‘olib bo‘lish imkoniyati 2,5 foizni tashkil etmoqda.