Osiyo kubogi: O‘zbekiston futzalchilari Turkmanistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Quvaytda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi start oldi. “B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi va 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ucharashuvning 6-daqiqasida Davron Choriyev hisobni ochdi. Goldan keyin ham O‘zbekiston terma jamoasi katta kuch bilan hujumga o‘tdi. Natijada, Mashrab Odilov 13-daqiqada hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Ixtiyor Ropiyev o‘zbekistonliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa, o‘yinning dastlabki bo‘limi 3:0 hisobida yakuniga yetdi.

Ikkinchi taym ham O‘zbekiston terma jamoasining katta ustunligi ostida boshlandi. 22-daqiqada Mashrab Odilov dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 7 daqiqadan keyin Dilshod Rahmatov ham gol kiritdi. 34-daqiqada o‘zbekistonliklar birato‘la 2 ta gol urdi. Ixtiyor Ropiyev (dubl) va Shahram Faxriddinov o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi. 39-daqiqada Akbar Usmonov O‘zbekiston terma jamoasining sakkizinchi goliga mualliflik qildi. O‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi va o‘zbekistonlik futzalchilar 8:0 ko‘rinishidagi yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.

O‘zbekiston – Turkmaniston 8:0

Gollar: 1:0 – Choriyev (6), 2:0 – Odilov (13), 3:0 – Ropiyev (15), 4:0 – Odilov (22), 5:0 – Dilshod Rahmatov, 6:0 – Ixtiyor Ropiyev (34), 7:0 – Shahram Faxriddinov (34)

O‘zbekiston (dastlabki beshlik): 12.Ravshan Eliboyev, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.

Zaxira: 1.Rustam Umarov (s), 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov

Turkmaniston (dastlabki beshlik): 12.Meretgeldi Bayramov (s), 3.Giljimuradov Giljimurat, 4.Maksat Soltanov, 9.Allamirat Kurbanov, 13.Kadir Berenov

Zaxira: 1.Berdimirat Sapardurdiyev, 2.Rovshen Orazmuhammedov, 5.Kerven Annaorazov, 6.Daniil Panchenko, 7.Gurbangeldi Sahedov, 8.Shiri Bayramdurdiyev, 10.Mulkaman Annaguliyev, 11.Vatan Atayev, 14.Maksat Miradov.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi O'zbekiston terma jamoasi

Baholaganlar

13

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing