Osiyo kubogi-2023: O‘zbekistonlik futbolchi nimchorak final ramziy jamoasiga kiritildi
Sport
−
01 fevral
3240O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Turg‘unboyev Osiyo kubogining nimchorak final ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Yarim himoyachining Tailandga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. 29 yoshli Turg‘unboyev Tailand bilan bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yindagi 1-golini kiritib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.
Qayd etish joiz, Turg‘unboyev “oq bo‘rilar”ning guruh bosqichi 3-turida Avstraliyaga qarshi o‘yindagi yagona goliga ham mualliflik qilgandi.
Osiyo kubogi nimchorak finalining ramziy terma jamoasi:
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musobaqaning chorak finalida mezbon Qatar bilan kuch sinashadi. Bahsga Doha shahridagi “Al-Bayt” stadioni mezbonlik qiladi.