Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston – Suriya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
11 yanvar
3629Ertaga, 12 yanvar kuni Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari start oladi. Musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 yanvar dastlabki tur bahsida Suriyaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston - Suriya o‘yinining hakamligi ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kafga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakar Salim al-Amri hamda Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iroqlik Mohanad Qosim Sarray qayd etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Suriya bahsi 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Uchrashuvga Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadioni mezbonlik qiladi.