Osiyo kubogi-2023: Turnirning dramatik o‘yinlaridan biri yakunlandi
Sport
−
25 yanvar 2024 15694 1 daqiqa
Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun, 25 yanvar kuni turnirning 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. “E” guruhida Janubiy Koreya va Malayziya o‘rtasidagi dramatik bahsda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Bahsning 62-daqiqasiga kelib Malayziya hisobda oldinga chiqib olgandi, biroq keyinchalik koreyaliklar o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oldi. Koreyslar safidan gollarga Vu Yong va Son Xyon Min mualliflik qilgan bo‘lsa, malayziyaliklardan Halim, Ayman va Morales raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bahsning 83-daqiqasida Malayziya a’zosi Hazmi o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Shunday qilib, “E” guruhida Janubiy Koreya 5 ochko bilan 2-o‘rinni band etdi. Malayziya esa turnirdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Endi Janubiy Koreya nimchorak finalda “F” guruhi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi