Osiyo kubogi-2023: Chorak finalning barcha juftliklari aniq bo‘ldi
Sport
−
01 fevral
12467Kecha, 31 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining nimchorak final bahslari yakunlandi. 1/8 finalning oxirgi ikki o‘yinida Yaponiya Bahrayn bilan, Eron esa Suriya bilan bahs olib bordi.
“Kunchiqar yurt” vakillari bahraynliklarni katta qiyinchiliksiz 3:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Dramatik bahsga aylanib ketgan Eron-Suriya uchrashuvida esa g‘olib asosiy vaqtda aniqlanmadi. 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng jamoalar ekstra-taymlarga, undan keyin penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Futbol lotoreyalarida esa forslarning qo‘li baland keldi.
Chorak final juftliklari:
Tojikiston - Iordaniya;
Avstraliya - Janubiy Koreya;
Eron - Yaponiya;
Qatar - O‘zbekiston.
Chorak final o‘yinlari ertaga, 2 fevral kuni boshlanadi. Tojikiston - Iordaniya bahsi Toshkent vaqti bilan soat 16:30 ga, Avstraliya - Janubiy Koreya uchrashuvi esa 20:30 ga belgilangan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3 fevral kuni Qatar bilan kuch sinashadi. O‘yin 20:30 da start oladi.
LiveBarchasi