Osiyo kubogi-2023: Bugun yarim final o‘yinlari yakunlanadi
Sport
−
07 fevral 2024 9187 1 daqiqa
Kecha, 6 fevral kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining yarim final bahslari start oldi. Dastlabki finaloldi o‘yinda Janubiy Koreya Iordaniya bilan bahs olib borib, sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Uchrashuvda iordaniyaliklar 2 ta to‘p farqi bilan zafar quchdi. Gollarga Al Naymat va Al Tamari mualliflik qildi.
Bugun, 7 fevral kuni turnirning ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Chorak finalda Yaponiyadan ustun kelgan Eron terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun mezbon Qatar bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, Eron-Qatar o‘yini Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Mazkur juftlik g‘olibi 10 fevral kuni Iordaniya bilan Osiyo chempionligi uchun bahs olib boradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr