Osiyo davlatlari NATOga a’zo bo‘lishi mumkinmi?
Olam
−
09 Oktabr 2021
8966NATO Osiyo va Afrika davlatlarini tashkilotga qo‘shish niyatida emas. Bu haqda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ispaniyaning “El Mundo” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“NATO o‘zining asosiy shartnomasida o‘zini Yevropa va Shimoliy Amerika ittifoqi deb e’lon qilgan. Uni kengaytirish yoki Osiyo yoki Afrikadan a’zolarni kiritish rejalari yo‘q”, degan Stoltenberg.
Bosh kotib so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Xitoyga raqib sifatida qaramaydi.
“Biz qurollanishni nazoratga olish va iqlim o‘zgarishi kabi masalalarga Xitoyni jalb qilish muhim deb hisoblaymiz”, degan u Xitoy G‘arbning demokratik qadriyatlarini qo‘llamasligini ta’kidlab.
Tashkilot bosh kotibi NATOning Rossiyaga munosabati “tiyilish va mudofaa”ga, shuningdek muloqotga asoslangan bo‘lishi kerakligini yana bir bor eslatgan.
“Bu bizning qo‘shnimiz, u bilan ko‘p masalalarda muloqot qilish kerak, jumladan, qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha. Muloqot favqulodda muhim, negaki biz yangi “sovuq urush” va qurollanish poygasining oldini olishni xohlaymiz”, degan u.
Ma’lumot uchun, Shimoliy atlantika ittifoqi – NATO 1949 yilda AQSH tomonidan Yevropani SSSR ta’siridan himoya qilish uchun tuzilgan. Bugungi kunda tashkilotga 30 davlat a’zo.
LiveBarchasi