Osiyo chempionatida O‘zbekiston voleybolchilar guruh bosqichida so‘nggi o‘rinni egalladi

Sport

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Chiba shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi.

Kuvayt terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda o‘zbekistonlik voleybolchilar 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 1-partiyada kuvaytliklar 29-27 hisobida g‘alaba qozondi. 2-partiyada esa Zokir Nosirov shogirdlari 25:16 hisobi bilan zafar quchdi. Ammo, so‘nggi ikki partiyada Kuvayt terma jamoasi 25:21, 25:21 hisobida g‘alaba qozonib, “S” kvartetida 3-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston vakillari esa so‘nggi pog‘ona bilan kifoyalandi.

Guruh g‘olibligi esa Avstraliya terma jamoasiga nasib qildi. Hal qiluvchi bahsda kengurular yurti vakillari Xitoyni 27:25, 25:20, 21:25, 26:28, 12:15 hisobida taslim etdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi turli sabablarga ko‘ra, 12 yil davomida Osiyo chempionatlarida ishtirok etmadi. Ushbu musobaqaga litsenziya beruvchi o‘yinda ham Shri-Lanka terma jamoasiga imkoniyat boy berilgan, biroq pandemiya sharoitida seylonliklar qit’a birinchiligida qatnasha olmasligini ma’lum qilgach, yo‘llanma O‘zbekistonga taqdim etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo chempionati Voleybol

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing