Oshqozon saratonini gastritdan qanday ajratish mumkin?

Salomatlik

image

Gastrit kasalligida noodatiy alomatlarning mavjudligi oshqozon saratoni rivojlanayotganidan darak bo‘lishi mumkin. Bu haqda onkolog Olga Jeludkova ma’lum qildi. 

“Agar qo‘shimcha shikoyatlar bo‘lsa, masalan, odam vazn yo‘qotsa, qayt qilsa, og‘riq faqat qorinda kuzatilmasa, zudlik bilan tekshiruvdan — gastroskopiyadan o‘tishi kerak. Qayt qilish holatida biz boshqa tekshiruvlarni ham tayinlaymiz”, deb ta’kidlagan shifokor. 

Terapevt Aleksandr Barvinskiyning ta’kidlashicha, har qanday surunkali yallig‘lanish, ayniqsa gastrit, shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 

Shifokor muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tishga chaqirgan va 35 yoshdan oshganlarga yiliga bir marta gastroskopiya tekshiruvidan o‘tishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oshqozon gastrit

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing