Dorilarni shifokor nazoratisiz qabul qilish oshqozon kasalliklariga olib keladi – SSV

Salomatlik

image

Dori vositalarini shifokor nazoratisiz qabul qilish pankreatitni (oshqozon osti bezining o‘tkir yallig‘lanishi) keltirib chiqaradi. Bu kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, boshqa to‘qimalar ham xavf ostida qoladi. Ushbu ma’lumotlarni kasallik haqida batafsil axborot bergan tibbiyot fanlari doktori, professor Feruza Hamrabayeva aytib o‘tdi, deb ma’lum qiladi SSV Matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, oshqozon osti bezining yallig‘lanishiga ko‘pincha spirtli ichimliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish, o‘t-tosh kasalligi, virusli va bakterial infeksiyalar, chekish sabab bo‘ladi. Shuningdek, dori-darmon vositalarini shifokor nazoratisiz ichish, immun tizimi faoliyati buzilishi, ichak va o‘t yo‘llari yallig‘lanishi, qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi hamda oshqozon osti bezining xavfli o‘smasi ham pankreatitni keltirib chiqaradi.

“Bu kasallik ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorin dam bo‘lishi, teri sarg‘ayishi, yurak tez urishi, sababsiz vazn yo‘qotish kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan chap qovurg‘a ostida to‘satdan paydo bo‘lgan kuchli og‘riq paydo bo‘ladi”, deydi Feruza Hamrabayeva.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2022 yilning 22 dekabrdagi buyrug‘i bilan “Dok-1 Maks” dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish belgilangan edi.

Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropidan O‘zbekistonda 20 nafar bola vafot etdi. “Dok-1 Maks” tarkibida me’yordan 300 baravar ortiq zaharli modda borligi aniqlandi. 2023 yilning 11 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo aholisini “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siroplaridan saqlanishga chaqirdi. Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan dori vositasini O‘zbekistonga olib kirgan “Quramax medikal” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi. 13 yanvar kuni “QURAMAX MEDIKAL” MCHJga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi va uning litsenziyani bekor qilindi.


Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

SSV tibbiyot dori vositalari oshqozon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing