8 yoshli qizning oshqozonidan golf to‘pidek keladigan soch o‘rami chiqdi

Salomatlik

image

Rossiyaning Moskva shahridagi 9-sonli bolalar shahar klinik shifoxonasida 8 yoshli maktab o‘quvchisining ichaklaridan kattaligi golf to‘pidek bo‘lgan ikkita soch o‘rami olib tashlandi. Bu haqda MASH xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8 yoshli maktab o‘quvchisi qorin og‘rig‘i va qayt qilish shikoyati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, qizaloqning ichaklarida soch tolalari yig‘ilib qolgani aniqlangan. 

“Shifokorlar bo‘laklarning qanchalik katta ekanini tushunib yetgach, laparotomiya qilishga qaror qilgan”, deyiladi xabarda.

Jarrohlar qorin old devorida kichik kesma hosil qilib, birin-ketin ichaklardagi "koptok"larni olib tashlagan. Qizcha sog‘ayib ketganidan so‘ng bolalar jarrohi, gastroenterolog va nevropatologning ambulator nazorati ostida uyiga javob berilgan. 

“Bu haqda xulosa bergan nevropatologlarning fikricha, qiz og‘ir asab kasalligi tufayli soch yeyishga odatlanib qolgan bo‘lishi mumkin”, deb yozadi MASH.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy gospitalida jarrohlar 18 yoshli qizning oshqozonidan 4 kg soch o‘ramini chiqarib olgani haqida xabar berilgan edi. Shifokorlar qizda umumiy tekshiruv o‘tkazgan va uning butun oshqozon bo‘shlig‘ini 35 sm o‘lchamdagi va taxminan 4 kg og‘irlikdagi katta soch o‘rami egallab olganini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva shifoxona oshqozon soch o'rami operattsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing