“Osasuna”ga qarshi o‘yindan keyin “Barselona” jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
28 mart
1925“Barselona” hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo “Osasuna”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi va u 2 haftani o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Olmo jarohati sabab 2-3 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ammo u katta ehtimol 10 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi “Borussiya Dortmund”ga qarshi uchrashuvga qadar maydonga qaytishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 28 martga o‘tar kechasi Ispaniya La Ligasi 27-turining qoldirilgan bahsida “Barselona” o‘z uyida “Osasuna”ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, kataloniyaliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida 63 ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni qo‘lga oldi. “Ko‘k-anorranglilar”dan keyingi o‘rinda Madridning “Real”i kelmoqda. “Qirollik klubi” 60 ochko to‘plagan. “Atletiko Madrid” 57 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
LiveBarchasi