Ortiqxo‘jayevning vaksina olishi spektaklmidi?
Jamiyat
−
17 iyul 2021
30435Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlangani haqida xabar bergan edik.
Ammo bu xabar berilganidan ko‘p o‘tmay, Toshkent shahar hokimligi e’lon qilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘la boshladi. Gap shundaki, hokimga vaksina yuborgan tibbiyot xodimi preparatni ko‘k indikatorli igna bilan shisha idishdan tortib olgan. Hokimga vaksina yuborilganda esa shprits ignasi indikatori qora rangda bo‘lgan.
Videoga diqqat bilan nazar solinsa, tibbiyot xodimi preparatni yuborayotganda, igna ustidagi qalpoqni olmagandek ko‘rinadi yoki haqiqatan ham u olinmagan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar shu dalillarga asoslanib, hokim vaksina olmaganini, shunchaki tomosha uyushtirilganini aytmoqda.
Hozircha hokimlik rasmiylari holat bo‘yicha rasmiy izoh bermadi.