Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosarlari 9 taga yetdi
Jamiyat
−
29 mart 2022
10718Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga navbatdagi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati (agar bor bo‘lsa) xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarligiga tasdiqlangan.
U Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Bunga qadar Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi Bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Isroilov Toshkent shahar hokimining to‘qqizinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Hozirda Ortiqxo‘jayevning Isroilovdan tashqari, 8 o‘rinbosari bor: Xotambek Shokirov, Baxtiyor Rahmonov, Shohruh Rahimjonov, Sharof Rahmonov, Durdona Rahimova, Almardon Qarshiyev, Nodira Umarova, Sardor Abdullayev.