Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari Namangan shahriga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahri hokimligiga shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan G‘ofur Jamolov nomzodini taklif qildi. Deputatlar nomzodni ma’quladi.

G‘ofur Jamolov 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

1997—2009 yillar davomida Namangan shahri va Namangan viloyati hokimliklarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. 

2009—2020 yillarda Iqtisodiyot vazirligi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Uy-joy, kommunal xizmat vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

G‘ofur Jamolov 2020 yildan to shu kunga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

187

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing