Ortiqxo‘jayevning kompaniyasi “Poytaxtbank”dan 20 mlrd kredit olgani rad etildi

Jamiyat

image
Ortiqxo‘jayevning gaplari yana internetda bahs chiqardi. U volontyorlar faoliyatidan shubhalanmoqda north_east

Ortiqxo‘jayevning gaplari yana internetda bahs chiqardi. U volontyorlar faoliyatidan shubhalanmoqda

Yagona ta’sischisi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lgan J-United Group kompaniyasi “Poytaxtbank” AJdan 20 milliard so‘m kredit olgani haqida xabarlar tarqalganji. Bunga Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumot asos bo‘lgandi.

“Poytaxtbank” AJ mazkur ma’lumot Korporativ axborot yagona portaliga xatolik sabab joylashtirilgani va 20 mlrd kredit ajratilganini rad qildi. Jamiyat boshqaruv raisi Majid Tohirov imzosi bilan tasdiqlangan ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“J-United Group MCHJ bugunga qadar “Poyxatbank” AJda hisob raqam ochmagan va ushbu tashkilot mijozi hisoblanmaydi. Rasman ma’lum qilamizki, “Poyxatbank” tomonidan J-United Group MCHJga kredit ajratilgani haqidagi ma’lumot haqiqatga muvofiq emas”, deyiladi bank xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumot texnik xatolik sabab Korporativ axborot yagona portaliga kiritilgan bo‘lib, yo‘l qo‘yilgan xatolik bartaraf etilmoqda. Ayni paytda portaldagi ushbu ma’lumotlar o‘chirilgan.

Adliya vazirligida 2012 yil 31 iyulda 2383-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar emitentlari ma’lumotni Korporativ axborot yagona portalida (www.openinfo.uz) joylashtirish orqali oshkor qilishadi. Portalga joylashtirilgan muhim faktlar, choraklik va yillik hisobotlar portalda saqlanib qolinadi, o‘chirilmaydi va tahrirlanmasligi belgilangan.

Ma’lumot uchun, “Poytaxtbank” 2019 yilning yanvarida tashkil etilgan. Bank ustav kapitali 100 foiz Toshkent shahar hokimligi mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Poytaxtbank

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing